"Firm.uz" loyihasi haqida

Firm.uz bugun

Firm.uz - Rossiya va MDH firmalari to'g'risida eng katta ma'lumot izlash tizimlaridan biridir. 2014 yil yanvar holatiga loyiha foydalanuvchilarining auditoriyasi 3 000 000 tashrif buyuruvchidan ortdi.

Firm.uz Rossiya, Qozog'iston, Belarus, Ukraina, Qirg'iziston, Latviya, Chexiya va AQSh kabi mamlakatlarda mavjud.

Biz butun loyiha jug'rofiyasi bo'ylab, firmalar katalogi va sayt yaratish bepul tizimi bilan cheklanib qolmasdan, biznes to'g'risidagi eng xilma-xil ma'lumotni yig'amiz va saralaymiz. Shuning uchun, firmalar bo'yicha izlash bilan bir paytda, foydalanuvchilar Rossiya hududida davlat tomonidan amalga oshiriladigan savdo-sotiqlar haqidagi ma'lumotni ko'rib turishlari, bepul tarqatmalarga obuna bo'lishlari va loyihaning boshqa xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Loyihaning markaziy portali Firm.uz hisoblanadi. Loyiha bilan tanishishni shu sahifadan boshlash, doimiy foydalanuvchilar uchun esa barcha zarur ma'lumotlarni bilish eng qulay."Firm.uz"-ning bosh sahifasi "Firm.uz" platformasida sayt yaratish bo'yicha qo'llanmani taqdim etadi.

Firm.uz avvaliga o'zini biznes uchun bepul imkoniyatlarga ega bo'lgan loyiha sifatida tanishtirgan bo'lsada, o'sish va takomillashish jarayonida keyinchalik rivojlanish va texnik bazani rag'batlantiruvchi pulli xizmatlarga talab yuzaga keldi. Masalan, "Hamma narsa yoqilgan" xizmatlar to'plami loyihaning asosiy pullik xizmatlariga kiradi.

Loyiha jug'rofiyasi shunchalik kengki, bu barcha zarur ma'lumotlarni faqat markaziy portalda aks ettirishga imkon bermaydi.Shu sababli 550 ta shahar biznes-portallari yaratildiki, ular loyihaning Rossiya va MDH shaharlaridagi internet-vakolatxonalariga aylanishdi. Portallar turli mintaqalardagi foydalanuvchilarga firmalar, shahar yangiliklari to'g'risidagi maxsus ma'lumotlarni izlashga va loyihaning barcha afzalliklaridan foydalanishga imkon berishadi.

Texnlogiyalar

Loyihadan har kuni minglab kishilar foydalanadi. Birlari saytlar yaratishadi, ma'lumotni tahrirlashadi, ma'lumot va yangiliklarni yukab olishadi, internet-do'konlar yaratishadi, boshqacha aytganda, to'laqonli saytlar yaratishadi. Boshqa foydalanuvchilar esa ularning mehnat mahsulini iste'mol qilishadi va qidiruv tizimi yordamida kerakli ma'lumotni izlashadi va "Firm.uz" platformasida yaratilgan firmalar saytlariga tashrif buyurishadi.