Saytlarni Firm.uz doirasida rivojlantirish

Saytni mustaqil rivojlantirish - mumkin

Saytga foydalanuvchilarni jalb qilish va uni rivojlantirish uchun, sayt qidiruv tizimlaridagi izlash natijalarida ko'rinishi lozim. Quyida Sizga saytni mustaqil rivojlantirish masalasida yordam beruvchi maslahatlar keltirilgan. Eslatish joizki, qidiruv tizimlaridagi izlash natijlarining birinchi o'ntaligida joylashadigan saytlar qattiq tanlov qilinadi.Qidiruv tizimlari tomonidan ularga qat'iy talablar qo'yiladi. Sizga quyidagilarni maslahat beramiz:

  1. Oldin kalit so'zlar ro'yxatini tuzib oling va undan keyin saytni bu kalit so'zlarni o'z ichiga olgan ma'lumot bilan to'ldiring.
  2. Saytda faqatgina takrorlanmagan ma'lumotlarni joylashtiring. Sizning saytingizda aks etgan ma'lumot boshqa sahifalardan ko'chirib olinmagan bo'lishi lozim.
  3. Saytingiz dizaynini puxta o'ylab chiqing. U foydalanuvchilarning saytni yaratishga sabab bo'lgan asosiy ma'lumotga "yetib borishlariga" yordam berishi kerak.
  4. Rasm shaklidagi sarlavhalardan foydalanmang, chunki qidiruv robotlari matnni indekslaydi.

Shuni doim esda saqlash kerakki, Google va boshqa qidiruv tizimlari quyida tavsiflangan saytlarni xohlamasdan indeklashsadi va yuqori reytinglar qo'yishmaydi:

  1. Original ma'lumotlar o'rniga boshqa saytlardan ko'chirib olingan ma'lumot bilan to'ldirilgan;
  2. Ma'noga ega bo'lmagan matnni o'z ichiga olgan saytlar;
  3. Hech qanday yagona xizmat turiga ega bo'lmasdan, faqatgina boshqa saytlardagi ma'lumotlarni joylashtiradigan ma'lumot agregatoridan iborat bo'lgan saytlar;
  4. Matnini o'qish qiyin bo'lgan, ko'rinmaydigan va ko'zga tashlanmaydigan matnga ega bo'lgan sayttlar;
  5. Qidiruv tizimlarini aldashga qaratilgan izlash so'rovi ro'yxatlarini o'z ichiga olgan saytlar.

Saytlarni Firm.uz doirasida rivojlantirish

"Firm.uz" loyihasi doirasida yaratilgan saytning boshqaruv panelida "O'z-o'zini rivojlantirish" menyusi mavjud. Sizga "Qidiruv tizimlarida ro'yxatdan o'tish" va o'z saytingizni qidiruv tizimlariga qo'shishni maslahat beramiz. "Qidiruv so'rovlarini tahlir qilish" punktidan foydalanib, Siz, foydalanuvchilar qanday so'rovlarni qaysi shaklda qidiruv tizimlariga eng ko'p kiritishlarini ko'rishingiz mumkin. Bu ma'lumot Saytingizdagi matnlarni, Saytingiz topilishiga olib kelishini xohlaydigan kalit so'zlardan foydalanib yuqori sifat bilan yozishingizga yordam beradi.

Bu saytning qidiruv tizimlarida topiluvchanligiga ta'sir qiluvchi nozik narsalarning juda kichik qismi. Shuni tushunish muhimki, SEO - bu dinamik rivojlanayotgan soha bo'lib, tez-tez ro'y beradigan o'zgarishlarni boshidan kechiradi. Qidiruv tizimlari saralash algoritmlarining qanday o'zgarib borishi hatto professionallarni ham hayratga solishda davom etmoqda. Berilgan mavzuga oid yangi materiallarni o'rganish, kelayotgan ma'lumotlarni kuzatib borish juda muhim.

Biz ushbu muammolar bilan professional darajada shug'ullanamiz. Bizning loyihamizda saytlarni professional rivojlantirish xizmati pullik. Turli xil xizmatlar to'plami mavjud bo'lib, ulardan maqsad, eng talabchan mijozlarning ham istaklarini qondirishdan iborat. Xizmatlarning mazmuni va qiymati to'g'risidagi batafsil ma'lumotni Siz o'z Saytingizning boshqaruv tizimidan ko'rishingiz mumkin.